Zukkoma — "zukko" so'zidan tug'ilgan g'oya
Zukkoma loyihasiga ta'lim muassasalarining ikki tomonlama eng katta og'riqli nuqtasi — ichki operatsion boshqaruv hamda doimiy mijozlarni jalb qilish muammolariga mukammal yechim berish maqsadida asos solingan. Mazkur ekotizim raqamli texnologiyalar bo'yicha yetakchi hisoblangan 'Veyron IT' agentligi, sohaning yuqori malakali dasturchilari hamda ta'lim sohasida ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan tadbirkorlar hamkorligida ishlab chiqilgan. Biz boshqaruv va marketing vositalarini yagona, integratsiyalashgan aqlli platformaga birlashtirdik.
Bugun Zukkoma nafaqat CRM va LMS, balki moliya, brend targ'iboti va mijoz oqimini oshirish bo'yicha to'liq ekotizimga aylandi. Tizimga a'zo bo'lgan har bir tashkilot avtomatik ravishda ochiq saytimizda ko'rinadi va yangi mijozlarga ega bo'ladi.
Raqamlarda Zukkoma
- Mutlaqo bepul sinov davri
- 20 kun
- Ma'lumotlar xavfsizligi (Backup)
- 100%
- Har bir markazga shaxsiy ko'mak
- Individual
- Yashirin to'lovlarsiz shaffoflik
- 0 so'm
- Qo'llab quvvatlash markazi
- 24/7
Qadriyatlarimiz
Soddalik
Murakkab funksiyalarni ham oddiy interfeysda taqdim etamiz.
Shaffoflik
Narxlar, hisobotlar va natijalar har doim ochiq va aniq.
Birgalikda o'sish
Mijozlarimiz muvaffaqiyati — bizning muvaffaqiyatimiz.
Zukkoma haqida qisqacha
- 01
- Zukkoma — bog'cha, o'quv markazi va xususiy maktablar uchun CRM, LMS, moliya va davomat platformasi.
- 02
- Narxlar oyiga 590 000 so'mdan boshlanadi va cheksiz o'quvchili tarifgacha ko'tariladi.
- 03
- Barcha tariflarda 20 kunlik bepul sinov davri bor, karta talab qilinmaydi.
- 04
- Ikkita editsiya mavjud: bog'chalar uchun va o'quv markazlari uchun.
- 05
- Ro'yxatdan o'tgan tashkilot zukkoma.uz ommaviy katalogida avtomatik ko'rinadi.
- 06
- Ariza 5 daqiqada tasdiqlanadi; dasturchi yollash yoki alohida sayt yasash shart emas.
- 07
- Interfeys uch tilda: o'zbek, rus va ingliz.
- 08
- Platformani Veyron IT agentligi ta'lim sohasi tadbirkorlari bilan birga ishlab chiqqan.
- 09
- Kompaniya Toshkent shahri, Yunusobod tumanida joylashgan va butun O’zbekiston bo’ylab xizmat qiladi.
- 10
- Tizim o'quvchilar hisobi, davomat, to'lovlar va dars jadvalini bitta joyda yuritadi.
- 11
- Moliya moduli to'lovlar, invoyslar va daromad hisobotlarini avtomatik hisoblaydi.
- 12
- O'qituvchilar uchun KPI va maosh hisobi, o'quvchilar uchun reyting moduli mavjud.
Brendingiz bugundan boshlab ko'rinsin
Qimmat landing sayt qurishning hojati yo'q — Zukkoma a'zosi bo'lish yetarli.